У нас есть только
оригинальные песни

Yor-yor aytib bordik mozorigacha

calendar 09.04.2013
8014

Unashtirilib yaqin kunda to'yi bo'ladigan, lekin baxtsiz hodisa tufayli avtohalokatga uchrab vafot etgan qiz!

O'ng yelkamda tobut ko'zlarimda yosh,
Xaqiqat oldida egilganda bosh,
Tobutda yotardi go'zal qora qosh,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

Yotardi u jim ko'zlari ochiq,
Yotardi jilmayib kulgular sochib.
Ko'zimdan yosh oqardi tinmayin achchiq,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

U kirmagan edi yigirmaga ham,
Endi qo'ygan edi hayotga qadam.
Karaxt bo'lib qolar eshitgan odam,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

Ona voh dod deydi hushin yo'qotib,
Ota ne qilishin bilmaydi qotib.
Bola vidolashar indamay yotib,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

Seplar yig'gan edi orzular qilib,
Bezatib ham qo'ydik liboslar ilib,
Onasi yig'laydi bag'rini tilib,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

Taqdirmi qaranga yosh ketdi essiz,
Mevasi qolmadi o'tdiku izsiz,
Oq libos kiyvolib yotardi hushsiz,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

Mana so'nggi yo'lga kuzatdik go'zal,
So'nggi bor qo'limiz uzatdik go'zal,
Bu dunyodan ko'ra u dunyo avzal
Yor-yor tugab qoldi mozorigacha.
Яндекс.Метрика