У нас есть только
оригинальные песни

YORDAM BERMADI BAHT YUZ O`GIRDI HIJRON QUTQARDI VAQT yohud VAQT HAQIDA AFSONA!!!

calendar 14.04.2011
2596
Bir kuni armon bo`lgan muhabbat unitish yo`lida ketayotib sarob sahrosiga tushib qolibdi . Sahroda holdan toygan holda ketayotsa yo`lida baht uchrabdi. Shunda muhabbat ey baht menga yordam ber men yo`limdan adashib qoldim menga to`gri yo`lni ko`rsat menga yordam ber iltimos debdi . Baht o`z bahtidan shunchalar bahtli edikanki bechora muhabbatga yordam berish u yoqda tursin hatto so`zlarini eshitmasdan ketib qolibdi . Muhabbat manzilini topolmay zo`rg`a zo`rg`a azobli yo`lini davom ettiribdi. Shunda yo`lida hijrondi uchratibdi va mayus ohongda ey hijron menga yordam ber menga manzilimni topishda yordam ber manzilimga yetar yo`lni ko`rsat debdi . Shunda hijron ex muhabbatjon men senga yordam berolmayman chunki men o`zim yordamga muhtojman deb ketibdi . Muhabbat yo`lini davom ettirolmay suvsizlikdan tashnalikdan endi hushidan ketay deganda .Birdan muhabbatga o`z o`zidan nimadur yordam berib qo`llaridan tutib manzili tomon eltib qo`yibdida soniya o`tmay ko`zdan gòyib bo`libdi . Shunda muhabbat hayron bo`lib qalb ovozidan so`rabdi .Aytchi qalb ovozi aytchi menga yordam bergan edi deb so`rabdi . Shunda qalb ovozidan sado kelib senga yordam bergan vaqt bo`ladi sevgiga faqat vaqt yordam bera oladi deb javob beribdi . Muhabbat yana so`rabdi nega vaqt ketib qoldi men unga minnatdorchilik bildirmoqchi edim ulgurmadim desa . Qalb ovozi kulib shunday javob beribdi vaqt kutmaydi sen unga yetib olishing kerak u boshqa yordamga muhtojlarga yordam berish uchun shoshadi . Agar sen vaqtga minnatdorchilik bildirmoqchi bo`lsan vaqtini qadrini bil vaqtingdan unumli foydalan shunda yillar o`tib yordamga muhtoj bo`lsang vaqt yana senga yordamga keladi debdi . Darhaqiqat biz vaqt qadrini bilyabmizmi ? Vaqtimizi bekor o`tkazmayabmizmi? Ahir vaqtning har bir soniyasi oltin misqoldan qimmatliroq. Vaqt sevgining qutqaruvchisi ayriliqning davosi . Yana vaqt o` z yillari davomida do`stlikni sinab haqiqiy do`stdan sohta do`stni insonlarga ajratib berguvchi oliy hakamdur . Vaqt shunchalar beshavqatki o`z yillari davomida yoshligimizni olib ketadi . Vaqt qadriga yetmaganlarni ayovsiz jazolaydi. Vaqt o`tishi bilan hamma narsa va hamma o`zgaradi . Faqat vaqt o`zgarmaydi shiddat bilan bizdan yillarni olib ketishda to`htamay davom etadi . Qiziq biz yillar davomida yo`qotganlarimizdan hafa bo`lishimiz kerakmi? Yoki oldindagi kelayotgan vaqtimizdan topodigonlarimizga hursand bo`lishimiz kerakmi ? Hulosa shuki bugundi ertaga topib bo`lmaydi .Vaqt also ortiga qaytmaydi . Vaqtingiz borida ilm oling va savob qiling chunki ilm va savob kerak bo`lganda vaqt topilmay qolishi mumkun. Agar 1 yil qadrini bilmoqchi bo`lsangiz imtihondan yiqilgan talabadan so`rang. Agar 1 oy qadrini bilmoqchi bo`lsangiz farzandi muddatidan oldin tugìlgan onadan so`rang. Agar bir haftani qadrini bilmoqchi bo`lsangiz bir haftalik gazeta muharriridan so`rang . Agar bir kun qadrini bilmoqchi bo`lsangiz sevgilisini ko`rolmagan oshiqdan so`rang Agar bir soniya qadrini bilmoqchi bo`lsangiz avto halokatga uchrab nogiron bo`lib qolgan odamdan so`rang . Agar bir soniyani o`ndan birini qismini qadrini bilmoqchi bo`lsangiz alimpiyada poygalarida ikkinchi o`rindi olgan sportchidan so`rang . Vaqt bu o`zi yillar davomida olib kelgan dardlarni yana shu yillari bilan davolaguvchi mohir shifokordur. Shunday qilingki siz vaqtni emas vaqt sizni ortingizdan quvsin va vaqtni o`z zimmangizga soling. Qadrli zamondosh sizchi qimmatli vaqtingizni qadriga yetasizmi . Siz uchun vaqt qadri qanday fikr mulohazalarizi izohda kutib qolaman hurmat bilan miranda_89( Barno)

Vaqt qadri ( she`r)

Qimmatli umrimizning qadrlidur onlari.
Bekor o`tkazmagin hech bir soniyani.
Fursat ga`nimatdur, inson g`animat.
Odamlar bilmaydimi vaqt qadrini .

Bilgin ertga bugundi topib bo`lmaydi.
Vaqt oqar suv to`htab qolmaydi.
Vaqtni hatto bir soniyasi ortga qaytmaydi .
Vaqtga o`zing yetib ol, vaqt seni kutib turmaydi .

Vaqting har soniyasi oltin misqol.
Savob qil vaqting o`tmasin bekor.
Ey do`stim shuni qulog`ingga quyib ol.
Vaqt dardlarni davolaguvchi mohir shifokor.


Oliy hakamdur u vaqt .
Yoshligimizni olib ketar u beshavqat.
Do`stlar umr g`animat , vaqt g`animat
Bugun ertaga topilmasligi bu haqiqat .

Vaqt also ortga qaramaydi .
U faqat faqat oldinga chopadi .
Har bir inson vaqt qadrin bilsaydi .
Bu jonimiz ahir omonat
Qachon o`lishini hech kim bilmaydi .

Яндекс.Метрика