У нас есть только
оригинальные песни

Muhabbat o'lmaydi manguga qolar!

calendar 18.11.2011
2707
Muhabbat o'lmaydi manguga qolar!

Ne uchun yonmoqda qalbimda otash
,
Bu nima shuurim anglab yetolmas.
Negadur yurakda bezovda tuyg'u,
Bu xislar meni tark etib ketolmas.
***
Xayolga tolaman xayol ummondur,
Ochib turadi umid gulchalar.
Xayol yulduzdur,xayol osmondur.
Bu osmon g'aroyib sizrli bunchalar.
***
Izladim bu sirni izladim chunon,
Yuragimdan topdim men uni faqat.
Mening so'zlarimga yorim sen ishon,
Bu kunning asrori ekan muhabbat.
***
Qay oshiq tilida bu mangu qo'shiq,
Muhabbat qo'shig'i,o'rgatuvchi ishq.
Kim xoxlab sevadi,kim esa tanlab.
MUHABBAT ilohiy,MUHABBAT buyuk.
***
Bir bahor kabi qalbinga kirar,
Kutilmas tashrifi kim berar bardosh.
Muhabbat xech qachon yosh tanlamaydi,
U yurak to'rida porlagan quyosh.
***
Bazida sevginig tutganda oxi,
Ayriliq otashi domiga solar.
Deydilar bu sevgi-beadoq xijron.
MUHABBAT o'lmaydi manguga qolar!

ILHOM FAYZULLAYEV
Яндекс.Метрика