У нас есть только
оригинальные песни

YouTube’da video ko'rish miqdori bir kunda milliard soatga yetdi

calendar 28.02.2017
1066

YouTube kompaniyasining texnologiya masalalari bo'yicha vitse-prezidenti Kristos Gudrou videoxosting foydalanuvchilar har kuni milliard soat onlayn-videolarni tomosha qilishayotganini xabar qildi.

«Biz faoliyatimizdagi muhim bosqichga erishdik – butun dunyodagi insonlar endilikda YouTube’da har kuni videoni milliard soat ko'rishmoqda!», — deya Gubrouning so'zlarini keltiradi YouTube rasmiy blogi.

Uning so'zlariga ko'ra, agarda har bir foydalanuvchi YouTube’da milliard soat video ko'rganida, buning uchun unga 100 ming yil kerak bo'lardi.

Avvalroq YouTube foydalanuvchilarga mobil qurilmalardan jonli translyatsiyalarni amalga oshirish imkonini taqdim etgani haqida xabar bergandik.

Яндекс.Метрика