У нас есть только
оригинальные песни

YouTube kabelli onlayn-televidenieni ishga tushiradi

calendar 07.05.2016
1065

Foydalanuvchilarning ko'p qismi hozirgacha oddiy kabelli televidenie tomosha qilishga odatlangan. Shuni e'tiborga olgan holda, Google kompaniyasi YouTube xizmatining faoliyati ko'lamini kengaytirishga qaror qildi. Bloomberg nashri ma'lumotiga ko'ra, kelasi yilda YouTube internet-televidenie safiga kiradi.

Mish-mishlarga ko'ra, xizmat YouTube Unplugged degan nom oladi va foydalanuvchilarga internet orqali kabelli televidenie tomosha qilishga imkon beradi. Albatta, tomoshalar bepul emas, shuning uchun xizmatda obunalar bo'yicha dastur paydo bo'ladi. Xabarlarga ko'ra, Google ayni damda NBCUniversal, Viacom, 21 Century Fox, CBS va boshqa yirik kontent provayderlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Nashrning yozishicha, Google YouTube Unplugged loyihasi ustida 2012 yildan beri ish olib bormoqda, biroq raqobatchilar faolligining ortishi tufayli, kompaniya o'zining hususiy xizmatini tezroq ishga tushirishga qaror qildi. YouTube Unplugged qanday ishlashi – hozircha noma'lum. Shouni Hulu singari talablarga muvofiq tomosha qilish mumkin, yoki Sling TV kabi real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.

YouTube Unplugged kabelli televideniesiga obuna bo'lish narxi oyiga 35 dollarni tashkil etadi.

Яндекс.Метрика