У нас есть только
оригинальные песни

YouTube o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi

calendar 15.09.2016
1683

YouTube videoxostingi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirganini e’lon qildi, u YouTube Community deb nomlandi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Yangi ijtimoiy tarmoq matnlar, tasvirlar va boshqa materiallarni chop etish uchun mo‘ljallangan.

YouTube Community beta-versiyada ishga tushirilgan bo‘lib, blogerlar uchun mo‘ljallangan. Hozircha u John & Hank Green, AsapSCIENCE, The Game Theorists, Karmin, The Key of Awesome va boshqa mashhur kanallar mualliflari uchun ochilgan.

Ammo barcha foydalanuvchilar matnli xabarlar, fotosuratlar va GIF-tasvirlar ko‘rinishidagi qaydlarni ko‘rishi va izoh qoldirishi mumkin.

Яндекс.Метрика