У нас есть только
оригинальные песни

YouTube orqali pul topish qiyinlashadi

calendar 17.01.2018
1063

Google korporatsiyasi o'zining YouTube'dagi servisida monetizatsiya qoidalarini o'zgartirmoqchi - u mezonlarni kuchaytirib, roliklar mualliflariga reklama namoyishi uchun pul ishlab olish imkonini taqdim etmoqchi. 

Kompaniya o'z blogida ma`lum qilishicha, endi uning xodimlari video mualliflariga o'z kontentida reklama namoyish qilib pul ishlash imkonini beruvchi sheriklik dasturida ishlashga da`vogar har bir kanalni qoidalarga muvofiq kelishini alohida tekshirib chiqishadi.

Bundan avval YouTube o'z foydalanuvchilariga reklama namoyishiga ruxsat berishi uchun ularning kanalidagi video umumiy hisobda kamida 10 ming marta ko'rilishi kerak bo'lardi. Endi esa sheriklik dasturiga qo'shilish shartlari sifatida quyidagilar keltirildi: kanal obunachilari soni ming nafardan kam bo'lmasligi, so'nggi yilda kamida 4 ming soat ko'rilgan bo'lishi kerak, deyiladi Google'da.

Bundan tashqari, kompaniya Google Preferred dasturiga tushuvchi kontentni qat`iyroq filtrlamoqchi. Google Preferred dasturi doirasida reklama beruvchilarga YouTube'ning eng mashhur kanallari paketlari sotiladi. 

Google qator mojarolardan keyin reklama namoyishi qoidalarida o'zgarishlar qilishga qaror qildi. So'nggi oylarda reklama beruvchilar ularning mahsuloti servis qoidalarini buzadigan yoki baxsli kontent (zo'ravonlik, nojoiz leksika, irqchilik ko'rinishlari) mavjud bo'lgan videoroliklar davomida namoyish etilishidan shikoyat qilishayotgandi. 

"Shubhasiz, 2017 yil servis uchun og'ir keldi, biz jamiyat va reklama hamkorlarimizga bog'liq bo'lgan qator muammolarga duch keldik", - deyiladi Google bayonotida. Korporatsiyada ta`kidlanishicha, u "reklama beruvchilarni nojoiz kontentdan himoyalash" uchun zarur choralar ko'riladi.

Google'ga ko'ra, monetizatsiya qoidalaridagi o'zgarishlar va YouTube'dagi mashhur videolarni saralash ishlari fevral oyi o'rtalaridan kuchga kiradi.

Яндекс.Метрика