У нас есть только
оригинальные песни

YouTube Ramzan Qodirov haqidagi filmni bloklab qo‘ydi

calendar 03.06.2015
2563

"Otkritaya Rossiya” jamoatchilik tashkilotining Ramzan Qodirov va Chechenistondagi vaziyat haqida hikoya qiluvchi "Oila. Putin o‘z o‘g‘li deb atagan Ramzan Qodirov haqida film” filmi mualliflik huquqlari buzilishi bo‘yicha shikoyatlar tufayli YouTube’da bloklab qo‘yildi, deya xabar bermoqda Meduza. Foto: joinfo.ua Foto: joinfo.ua Film ustidan shikoyatni "T&K Prodakshn” MChJ xo‘jayini Ilyos Sinbulatov yozgan, biroq u filmning aynan qayerida mualliflik huquqlariga zid bo‘lgan narsalarni ko‘rganiga aniqlik kiritilmagan. "Otkritaya Rossiya” shikoyat uchun hech qanday asos yo‘qligini ta’kidlamoqda, filmda qo‘llanilgan materiallar qonun asosida olingan, ularning mualliflari ko‘rsatilgan. "Otkritaya Rossiya” filmning bloklab qo‘yilishiga norozi bo‘lib, shikoyat arizasi berdi. Yarim soatlik film 2015-yil 25-mayda taqdim etildi. U Chechenistonda kuch tuzilmalari qanday ishlashi, Ramzan Qodirovning Rossiya hukumatidagi roli, o‘g‘irliklar va Ahmad Qodirov nomidagi jamg‘arma faoliyati haqida hikoya qiladi.
Яндекс.Метрика