У нас есть только
оригинальные песни

YouTube to'g'ridan-to'g'ri veb-kamera orqali video yuklash imkonini bekor qiladi

calendar 15.12.2015
923

Google kompaniyasi YouTube’da videolarni  to'g'ridan-to'g'ri veb-kamera orqali yuklash imkoni bekor qilinishini ma'lum qildi. Bu haqda video-servis sahifasi orqali xabar berildi.

Kompaniya bergan ma'lumotlarga ko'ra, bunga asosiy sabab ushbu funktsiyaning kam ishlatilgani hamda eskirgan texnologiyada ishlashi sabab bo'lgan.

Ushbu funktsiya 2016 yilning 16 yanvaridan bekor qilinadi. 

Яндекс.Метрика