У нас есть только
оригинальные песни

YouTube va Facebook ekstremistik ruhdagi videolarni avtomatik ravishda bloklash tizimini joriy qildi

calendar 25.06.2016
989

Facebook ijtimoiy tarmog‘i hamda Google kompaniyasiga tegishli YouTube videoxostingi ekstremistik ruhdagi videolarni avtomatik ravishda bloklaydigan tizimni qo‘llay boshladi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

IShID ekstremistik guruhining hamda boshqa ekstremistik ruhdagi video materiallarini bloklash uchun Facebook va YouTube mualliflik huquqini buzgan materiallarni o‘chirish texnologiyasini qo‘llaydi. Ushbu texnologiya bir xil videolarni qayta yuklash oldini oladi.

Ushbu masala yuzasidan kompaniyalar vakillari hech qanday rasmiy izoh bermagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Яндекс.Метрика