У нас есть только
оригинальные песни

“Yovuzlik makoni-6” filmini tasvirga olishda texnik halok bo'ldi

calendar 25.12.2015
1472

                                                 

JARda “Yovuzlik makoni” serialining 6-qismini suratga olish chog'ida texnik Rikardo Kornelius halok bo'ldi, deb xabar beradi Deadline nashri. Fojia 3 dekabrda sodir bo'lganiga qaramay, u haqda endi ma'lumot berildi.

Aytilishicha, Korneliusning ustiga aylanuvchi platforma ustidagi armiya vezdexodi tushib ketgan. Olingan jarohatlar oqibatida xodim shifoxonada vafot etdi.
Oktyabr oyida bosh rolni ijro etayotgan Milla Yovovichning dublyori Oliviya Jekson s'yomka chog'ida baxtsiz hodisa oqibatida jiddiy jarohat olgan edi.

U mototsikl ustidaligida s'yomka uskunasiga urilib ketdi. Jekson 2 hafta medikamentli komada bo'ldi. Shifokorlar uning qo'lini amputatsiya qilishga majbur bo'lishlaridan qo'rqmoqda.“Yovuzlik makoni”ning 6-qismini suratga olish 2013 yilda boshlangan edi, ammo s'yomka Yovovichning homiladorligi bois to'xtatildi. Kartina 2017 yil yanvarida katta ekranlarga chiqadi.

Яндекс.Метрика