У нас есть только
оригинальные песни

Yoz CHILLASIda qish haroratini beruvchi TRAGEDIYA!

calendar 06.07.2014
8630
Ayni yoz chillasida kino ijodkorlari biroz sustlashishi hech kimga sir emas. Sababi hamma dam olishda va hordiq chiqarishda…Ammo yoz chillasida dam olishni YIG’ISHTIRIB qo’yib, o’z mehnati orqali ijod mahsulini xalqqa namoyish etish istagida bo’lgan ijodkorlardan SVEJIY film…))
"Kechir, farzandim!”
(Tragediyani yana bir bor REKLAMA qiluvchi film)
Film nomidan yaxshiGINA yig’latib, dodlatib hulas oqmagan joylardan ham suv oqizib, hullas kuchli EMOTSIYA hosil qiladigan O’XSHAAAB turibdi…Yana bilmadim… Shunday nomlangani va filmning mahsus rolikidan shunday hulosaga kelmoqdaman…Ammo bu film haqida shunchaki bir boshlang’ich fikrim holos…Shu bilan birgalikda ushbu filmning taqdimot marosimiga taklifnomalar "JUDDA ONSOON” nomli yangi loyihamizda o’ynaladi, bunda sizga berilgan savollarga to’liq va aniq javob berishingiz talab etiladi…Va 2 kishilik taklifnoma sizniki…Eslatib o’taman, ushbu yangi va qiziqarli bo’lishi kutilayotgan loyiha faqat bizning saytimizda va kamina Bahodir Xikmatov tomonidan amalga oshirilishini ta’kidlab o’tmoqchiman…
Ha aytgancha, film ijodkorlari bilan tanishing…!
Rejissyor: Murod Inog’omov (Film rasmiy rahbari)
Prodyusser: Shohrux Nig’matov (Filmning asosiy boyvochchasi))).)
Bosh rollarda: Saida Rametova, Adiz Rajabov, Hamid Toshpo’latov, Yulduz Hamidova, Umid Shodmonov, Muhabbat kuychisi Anvar Sanayevning qizi Asal Sanayeva…va boshqalar…
Hozircha filmning suratga olish jarayonidan suratlar…















 



 




Yaqin orada ushbu film haqida yana ham FANTAZIYAngizni oshirish uchun rolik ham e’tiboringizga havola etiladi…))
Film shu oyning oxirlarida taqdim etilishi kutilmoqda va bundan tez orada saytimiz orqali habar topasiz…

Muallif: Bahodir Xikmatov
Яндекс.Метрика