У нас есть только
оригинальные песни

YPX va PPX xodimlari videokamera bilan ta`minlanadi

calendar 26.01.2018
1274

IIO xodimlari tomonidan sodir etiladigan poraxo'rlik va boshqa suiiste`molliklarni oldini olish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar 2018 yil uchun Davlat dasturidan o'rin olgan (Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF–5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan).
 
Norma.uz xabariga ko'ra, IIV, Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga joriy yilning 20 sentabriga qadar jamoat xavfsizligini ta`minlashda IIO faoliyatiga ochiqlik va shaffoflik mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish topshirilgan.
 
Xususan, yo'l-patrul va patrul-post xizmatining barcha xodimlari ular tomonidan o'z xizmat vazifalari bajarilishining borishi, ayniqsa, fuqarolar bilan muloqot qilish jarayonini qayd etish imkonini beruvchi videokameralar bilan ta`minlanishi kerak. Bu poraxo'rlik va boshqa suiiste`molliklarni oldini olishga xizmat qiladi. 
 
Ushbu hujjat 23.01.2018 yildan kuchga kirdi.

Яндекс.Метрика