У нас есть только
оригинальные песни

Yugurish paytida nafas olish: muvaffaqiyatning 4 kaliti

calendar 04.03.2018
646

Yugurish sifatiga ko‘pchilik omillar ta’sir qiladi: salomatlikdan tortib to motivatsiyagacha. Lekin to‘g‘ri nafas ola bilish har doim eng asosiylaridan biri bo‘lib qoladi. Aynan nafas olish sifatli yugurishni rasvogarchilikka aylantirishi mumkin

Biz texnik jihatdan to‘g‘ri nafas olishning 4 asosiy sharti haqida aytib bermoqchimiz.

1. Marom
Yugurish vaqtida nafas olish maromi sizdagi tezlik va chidamni oshirishi mumkin.
2:2 — ko‘pchilik bu shartli tasvirni yugurish uchun mukammal deb aytadi, sportchilar unga g‘ayriixtiyoriy tarzda amal qiladi. Biroz mashq qilsangiz, o‘ylab ham o‘tirmasdan bu maromga amal qilasiz.

U quyidagilardan iborat: nafas olish, chap, o‘ng, nafas chiqarish, chap, o‘ng, nafas olish va h.k.

2. Chuqurlik
Yugurish vaqtida havo yetishmayaptimi? Chuqurroq nafas oling!
Qorin bilan (yoki chuqur) nafas olish diafragmalarni ishga soladi. Nafas olishning bu turi kislorodning qonga va mushaklarga ko‘proq yetib borishiga imkon beradi, bu bilan sizning ko‘rsatkichlaringizni yaxshilaydi va ko‘ngil aynish, charchoqning oldini oladi.

3. Burun va og‘iz
Og‘iz orqali ham, burun orqali ham nafas olish kerak.
Burun orqali nafas olish chuqurroq nafas olishga va havoni u o‘pkaga yetib borguncha isitishga yordam beradi. Ikkinchi tomondan, og‘iz orqali nafas olish harakatlanuvchi mushaklarni kislorod bilan ta’minlashni oshirishga yordam beradi.

Yugurish vaqtida og‘iz biroz ochiq bo‘lishi kerak, bu yuz mushaklarini bo‘shashtiradi va butun tanadagi taranglikni yo‘qotadi.

4. Mushaklar
Ko‘pchilik yugurishni yurak va oyoqlar uchun ish deb hisoblaydi. Lekin o‘pka ishning katta qismini o‘z zimmasiga oladi va ularning rivojlanishi bilan ham shug‘ullanish kerak bo‘ladi.
Яндекс.Метрика