У нас есть только
оригинальные песни

Yugurish yo‘lakchasini yoqtirib qolishning 6 usuli

calendar 04.03.2018
955

Yugurish yo‘lakchasida kardio mashqlarni bajarish foydali ekanini bilsangiz ham uni ko‘rgani ko‘zingiz yo‘qmi? Xotirjam bo‘ling! Biz bu mashq qilish apparatini yoqtirib qolishning 6 ta usulini topdik.

Afzal tomonlarini toping

Yugurish yo‘lakchasini sevib qolish uchun birinchi qadam — unga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish. Tasavvur qiling: siz uchun ataylab qor va yomg‘ir ostida emas, balki quruq va issiq sport zalida yugurish mumkin bo‘lgan sport gadjeti yaratildi. Qulayligidan tashqari, yugurish yo‘lakchasi har qanday odamga moslashish xususiyatiga ega. Siz shoshilmasdan “sayr qilish”ni yoki jadal sur’atda yugurishni xohlaysizmi buning ahamiyati yo‘q, bu mashq qilish apparati — siz uchun ideal sherik bo‘la oladi.

Tasavvurni ishga soling

Yo‘lakcha ustida qizib olish vaqtida yengil gantellarni oling va organizmingiz qiziguncha qo‘llarni mashq qildiring. Yoki yugurishni elliptik apparat va velosiped bilan galma-gal almashtirib bajaring. Harakat turlarini almashtirish yurak mushaklarini chiniqtiradi va organizmni og‘irlik tushishidan saqlaydi.

Vaqtni aldang

Agar yo‘lakchada yugurish zerikarli bo‘lsa, demak tezlikni biroz oshirishning ayni vaqti. Har bir besh daqiqaning oxirida harakatlanish tezligini 2-3 darajaga oshiring. Interval bilan yugurish yog‘larni yo‘qotishga va chidamni oshirishga yordam beradi.

Seriallar tomosha qiling va musiqa tinglang

Yengil yugurishlar vaqtida anchadan buyon rejalashtirib yurgan serialning navbatdagi qismini tomosha qilishingiz mumkin.

Rivojlanishni kuzatib boring

Agar siz o‘zingizdagi o‘zgarishlarni ko‘rsangiz, mashq qilish ancha yoqimliroq bo‘ladi. Har bir mashg‘ulotdan keyin natijalar ko‘rsatilgan ekranni smartfon yordamida rasmga tushiring. Biroz vaqtdan keyin o‘zgarishni ko‘rishingiz mumkin va sizning mashq rejasini tuzatishingiz osonroq bo‘ladi.

Harakatlarga to‘g‘rilaning

Mashg‘ulotlar vaqtida tushunchaga ega bo‘lish — uni quvonchliroq qilishning yana bir usuli. Oyoq va qo‘llaringiz qanday harakat qilishi, qanday nafas olishingiz, nima haqda o‘ylashingiz, gavdangizni qanday tutishingizga e’tibor bering. Diqqatni nafas olishga qaratish ko‘pincha yugurish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradi — sportning bu turida ko‘p narsa nafas olishga bog‘liq.

Manba: Men’s Health
Яндекс.Метрика