У нас есть только
оригинальные песни

Yuksak did bilan kiyinuvchi mashhurlarning 2015-yilgi reytingini e’lon qilindi

calendar 07.08.2015
4045

Vanity Fair jurnali yuksak did bilan kiyinuvchi mashhurlarning 2015-yilgi reytingini e’lon qildi. "Korrespondent.net”ning qayd etishicha, ayollar reytingida ham, erkaklar ro‘yxatida Buyuk Britaniya vakillari yetakchilik qilmoqda.


Nashr Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning turmush o‘rtog‘i Samanta Kemeronni 2015-yilning eng yuksak did bilan kiyinuvchi ayoli sifatida qayd etdi. Undan keyingi o‘rinlarni xonanda Teylor Svift va balerina Misti Koplend egallagan.

Sayyoraning eng yuksak did bilan kiyinuvchi ayollari o‘nligi

1. Samanta Kemeron
2. Teylor Svift
3. Misti Koplend
4. Sofi, Uesseks grafinyasi
5. Amal Alamuddin
6. Rianna
7. Sharlotta Kaziragi
8. Letisiya, Ispaniya qirolichasi
9. Mellodi Xobson
10. Francheska Amfiteatrof

Erkaklar ro‘yxatida aktyor Bill Nayi birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni moliya arbobi Stavros Niarxos, uchinchi o‘rinni esa rassom Ik Uda egalladi.


Sayyoraning eng yuksak did bilan kiyinuvchi erkaklari o‘nligi

1. Bill Nayi
2. Stavros Niarxos
3. Ik Uda
4. Uilyam Ayvi Long
5. Jonatan Ayv
6. Karl Filipp, Shvetsiya shahzodasi
7. Jonatan Tish
8. Shahzoda Garri
9. Rassell Uilson
10. Robert Kutyurye

Gollivudning eng yuksak did bilan kiyinuvchi vakillari sifatida nashr shvetsiyalik aktrisa Alisiya Vikanderni tanlagan. Ikkinchi o‘rinni aktyor Eddi Redmeyn, uchinchi o‘rinni esa Emma Stoun egallagan. Yuksak did bilan kiyinuvchi juftlik maqomi esa Benedikt Kamberbetch va uning xotini Sofi Xanterga nasib etdi.

Vanity Fair’ning o‘tgan yilgi reytingida Keyt Blanshett va Benedikt Kamberbetch birinchi bo‘lgandi.
Яндекс.Метрика