У нас есть только
оригинальные песни

Yulduz Rajabova: Noprofessional “aktyor” bilan birga suratga tushish yoqmaydi

calendar 07.05.2015
3469


Ko‘plab kliplarda suratga tushish orqali tanilgan aktrisa Yulduz Rajabova "Darakchi” gazetasiga intervyu berdi.

Yulduz Rajabova "Turist” va "Xazon” filmlarida nima uchun tajribasiz aktyorlar bilan suratga tushishga rozi bo‘lganini sababini tushuntirdi: "Noprofessional ‘aktyorlar’ bilan suratga tushish yoqmaydi. Chunki partnyor meni his qilmasa, uning ‘qolipi’ga tushib qolaman. Bu ikkita film ijodimning ilk pog‘onasi bo‘lgani uchun ham partnyorlarimning noprofessionalligiga ko‘z yumganman”.

Aktrisa yana kinoda bosh rolni o‘ynashdan O‘zbek milliy akademik drama teatrining ommaviy sahnalarida ishtirok etishni afzal ko‘rishini aytdi: "Kino va teatrni bir-biridan ajratishni istamayman. Biroq teatr doim birinchi o‘rinda turgan. Jonli muloqot maskani bo‘lgan bu muqaddas dargoh sahnasidagi ishtirokimni afzal bilaman, garchi u ommaviy sahnalardan iborat bo‘lsa ham. Chunki teatrga mehrim bo‘lakcha. Lekin kinoda ham, teatrda ham bor kuchimni berib ishlayman. Nasib etsa, O‘zbek milliy akademik drama teatrida ishlash niyatim bor”.


Яндекс.Метрика