У нас есть только
оригинальные песни

YULDUZLARIMIZI BITIRUV KECHASIDA BO'LGAN QIZIQ VOQEALAR.

calendar 17.05.2011
4884
Avvalom bor barcha bitiruvchilarni yaqinlashib kelayotgan hayojonli ham quvonchli, ham qayg'uli kun ohirgi qo'ngiroq bilan tabriklaymiz. AZIZ BITIRUVCHILAR OQ YO'L SIZLARGA .

Va sizga oz bo'lsa ham sovg'a sifatida siz sevgan yulduzlarni bitiruv kechasi qanday o'tgani haqida malumot beramiz .

SARDOR RAHIMXON- Man bitiruv kechami hech ham unutmasam kerak unitilmas onlar edi. Bilasizmi mani bitiruv kechamda birdaniga ikkita sinfdosh qiz manga sevgi izhor qilgan. Albatta bu unitilmas maktab hotiralari. Sinfdoshlarimi hammasi bilan bo'lmasa ham, bazilari bilan yig'ilishib suhbatlashib turaman. Bituruvchilarga esa oq yo'l tilayman va o'zlari hohlagan oliy o'quv yurtlariga kirib kelajakda buyuk inson bo'lishlarini hohlayman.

SHAXZODA- Albatta men bituruv kechamni tabassum bilan eslayman. Bilasizmi men bitiruv kechamga kech qolib borganman. Chunki bilasiz qizlar bitiruv kechasida katta tayyorgarlik ko'radi. Meni bitiruv kechasiga tiktirgan ko'ylagim kechroq bitgan ko'ylagim bitguncha hatto yig'laganman lekin ko'ylegim bitgandan kegin rosa hursand bo'lganman. Va shu bitiruv kechasi bitiruv malikasi degan tanlov bo'lgan men shu tanlovda ko'ylagim tufayli g'olib bo'lib bitiruv malikasi bo'lganman naqadar shirin hotiralar. Bitiruvchilarga esa omad va baht tilab qolaman.

LOLA-ALbatta bitiruv kechamni eng yaxshi hotira va shirin tabassum bilan esleman. Meni ham bitiruv kechamda qiziqarli voqealar bo'lgan albatta biz hammamiz beg'ubor bola edik. Hamma bitiruvchilarga oq yo'l tilaman o'qilar va izlanilar.

RAYHON - Afsuski men bitiruv kechamda bo'lgan qiziq voqealarni aytib berolmiman. Chunki bazi sabablarga men bitiruv kechamga borolmaganman. Umrda bir marta bo'ladigan bu hayrlashuv kechasiga boromaganimdan afsuslanaman. Bitiruvchilarga sevgi, muhabbat ,omad, baht tilab qolaman.

AZIZ BITIRUVCHILAR ORZULARIZ KABI YO'LLARIZ OQ BO'LSIN. MAKTABNI QOLGAN SANOQLI KUNLARNI UNITALMAS TARZDA O'TKAZING. HECH QACHON SINFDOSHLARIZI,UZTOZLARIZI UNUTMANG. Katta hayotga hush kelibsizlar.

Яндекс.Метрика