У нас есть только
оригинальные песни

Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?

calendar 20.10.2017
2856

Istiqlol” san’at saroyining ijara haqi 12—14 million so‘m turadi. Bundan tashqari musiqachilarga, rejissorga, dekoratsiyaga, sahnadagi monitorga, ovoz rejissoriga va boshqa ko‘plab shu turdagi xarajatlar ham mavjud. Natijada foyda deyarli 0 ga teng bo‘lib qoladi. Shunday ekan konsert bu foyda ko‘rish emas, balki piar uchun.

Umumiy daromadning qariyb 95 foizi milliy sektor orqali amalga oshiriladi. U xalqning talabi asosida qurilgan. Iqtisodning oltin talabiga ko‘ra, talab qayerda bo‘lsa, taklif ham o‘sha yerda bo‘ladi. To‘ylar, tug‘ilgan kunlar va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar — haqiqiy daromad manbai.

Eng talabgir qo‘shiqchilar qatoriga Shahzoda, Rayhon, Shohruhxon, Lola, Ulug‘bek Rahmatullayev, Munisa Rizayeva, Ziyoda, “Shahzod” guruhini qo‘yish mumkin. Ularning gonorari ijro etgan qo‘shiqlari soniga bog‘liq. “Kommersant.uz” nashri o‘zbek estradasi va kinosi yuduzlarining gonorarlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Musiqa

Yulduz Usmonova

Bir necha yillik “tanaffus”dan so‘ng yana teleekranlarga qaytgan o‘zbek estradasi primadonnasining gonorari 12,8 million so‘mni tashkil etadi.

Dj Piligrim

DJ Piligrim taxallusi bilan tanilgan Ilhom Yo‘lchiyev o‘ziga xos orginalligi bilan muxlislari qalbidan joy olgan. Uning bitta chiqishi 10 million so‘mdan boshlanadi.

Farruh Zokirov

“Yalla” guruhi asoschisi, O‘zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirov sizning mehmoningiz bo‘lishini istasangiz, kamida 9,6 million so‘m sarflashingizga to‘g‘ri keladi.

Ozodbek Nazarbekov

O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lmish Ozodbek Nazarbekovning gonorari 9 million so‘mdan boshlanadi.

Lola

Taniqli qo‘shiqchi va aktrisa Lola Yo‘ldoshevaning qo‘shiqlarini tinglash sizga 6,5 million so‘mga tushadi.

Shahzoda

O‘zining muxlislari qalbidan chuqur joy olgan Shahzodaning gonorari 5,1 million so‘mdan boshlanadi.

Rayhon

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qo‘shiqchi Rayhonning ham gonorari 5,1 million so‘mdan boshlanadi.

Ulug‘bek Rahmatullayev

Qo‘shiqchining xizmat haqi uning bajargan ishiga bog‘liq. Ulug‘bek Rahmatullayevning gonorari taxminan 4 million so‘mdan boshlanadi.

Kino

Ulug‘bek Qodirov

28 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan Ulug‘bek Qodirovning bitta filmda suratga tushish gonorari 21 million so‘mni tashkil etadi.

Alisher Uzoqov

“Uylanish” filmi bilan mashhurlikka erishgan Alisher Uzoqov 39 tadan ortiq filmlarda va 37 ta loyihada ishtirok etgan. Uning gonorari taxminan 12 million so‘mni tashkil etadi.

Adiz Rajabov

30 dan ortiq film va 30 dan ortiq loyihalarda ishtirok etgan Adizning o‘rtacha gonorari 12 million so‘mni tashkil etadi.

Dilnoza Kubayeva

Tanqidchilar tomonidan eng iqtidorli aktrisalardan biri, deya tan olingan Dilnoza Kubayevaning gonorari 12 million so‘mdan boshlanadi.

Zarina Nizomiddinova

U iqtidorli aktrisaning bitta filmda suratga tushish gonorari taxminan 7 million so‘mga teng.

Яндекс.Метрика