У нас есть только
оригинальные песни

Yulduzli osmonning eng katta xaritasi yaratildi

calendar 05.01.2017
1391

Xalqaro olimlar guruhi koinotning ko‘rib bo‘ladigan qismining eng katta xaritasini yaratdi, deb yozadi National Geographic. Unga to‘rt yil davomida kadrga muhrlangan uch milliard kosmik obyektlar kiritildi.

Xarita Gavayidagi Xaleakala vulqoni cho‘qqisiga joylashtirilgan 1,8 metr diametrli va 1,4 gigapikselli Pan STARRS 1 (PS1) teleskopi yordamida yaratildi. Uning avtomatik qidiruv tizimi harakatlanayotgan va o‘z yorqinligini o‘zgartirayotgan obyektlarning barchasini aniqlaydi. Bir kechada u 500 ta surat tushiradi.

Yangi xaritaga to‘rt yil ichida olingan 500 mingta surat asos bo‘ldi. Unda uch milliard sayyora, yulduz va galaktika aks etdi. Xarita ikki petabayt hajmiga ega — bu yuzlab Wikipedia ensiklopediyalari yoki milliardlab selfi-suratlar hajmiga teng.

Яндекс.Метрика