Yunon va rim faylasuflaridan 5 moliyaviy maslahat

Barcha davrlar uchun dolzarb dono maslahatlar.

1. Epiktet, «Enxiridion»

Dunyoda ba`zi narsalar bizning tasarrufimizda bo'lsa, boshqalari - imkon doiramizdan tashqarida bo'ladi. Taxmin, shijoat, sa`y-harakat, chekinish va hokazolar - bizning tasarrufimizda; tana, mulk, shon-shuhrat, rahbarlikka tayinlanish kabilar - bizning tasarrufimizda emas.

Epiktet

Biz o'z xohish-istaklarimiz, fikrlarimiz va xatti-harakatlarimizni nazorat qilamiz. Qolgan barchasini, tashqi hodisalarga ta`sir ko'rsatishga harchand urinmaylik, nazorat qila olmaymiz.

His-tuyg'ular va xohish-istaklar girdobida qolganingizda yodingizda bo'lsin: sizda ularga ergashish yoki ergashmaslik imkoni bor. Bu doim faqat o'zingizga bog'liq bo'ladi. Bir lahzalik hissiyotlarga berilish yo berilmaslik o'z qo'lingizda.

Maslahatni qanday qilib hayotga tatbiq qilish mumkin?

Do'konda biror keraksiz narsa xarid qilish istagi tug'ilganda shu haqida o'ylang. Taom tayyorlashga erinib, uyga ovqat buyurtma qilmoqchi bo'lganingizda ham shu maslahatni yodga oling. Shuni unutmangki, sizning tanlovingiz sizning moliyaviy ahvolingizga to'g'ridan-to'g'ri ta`sir ko'rsatadi. Har qanday shunday qarorning o'z qiymati bor.

2. Sofokl, «Antigona»

Dunyoda pulchalik axloqni buzadigan narsa yo'q.

Sofokl

Pul — almashinuv vositasi. Maqsadga erishish yoki istagan narsani qo'lga kiritish uchun pul yetmasa, bu umidsizlikka olib keladi. Ta`kidlash joizki, ko'pchilik nafaqat orzuga yetishishda, balki shunchaki kun ko'rishga ham pul yetishmagan vaziyatda qoladi. Bunday vaziyatda tejamkorlikka rioya qilish juda qiyin.

Maslahatni qanday qilib hayotga tatbiq qilish mumkin?

O'zingiz uchun asosiy moliyaviy tamoyillarni ishlab chiqing va ularga rioya qiling. Masalan, qo'lga kiritayotgan pulingizdan kamroq pul sarflash va barcha xarajatlarni nazorat qilish. Kundalik xatti-harakatlaringiz va xarajatlaringizni qancha ko'p nazorat qilsangiz, katta maqsadlarga erishish imkoningiz shunchalik ko'p. Pulni nima uchun tejayotganingizni aniq anglaganingizda o'zingizni cheklash u qadar qiyin bo'lmaydi.

3. Mark Avreliy, «O'zingizning axloqiy tamoyillaringizga ishoning»

Donishmand kishilarning asosiy tamoyillarini - ularning nima ketidan quvib, nimani chetlab o'tayotganini o'rganing.

Mark Avreliy

Qanday qaror qabul qilish borasida ikkilanayotgan bo'lsangiz, o'zingizning axloqiy tamoyillaringizga ishoning. Buning uchun eng avvalo o'zingiz uchun nima muhim ekani, nimani eng ko'p qadrlashingiz haqida o'ylang. Bu qadriyatlar har qanday vaziyatda sizning qaror qabul qilishingizga yordam beradi. Ular o'zingiz istagan hayot sari harakat qilishda ko'mak beradi.

Maslahatni qanday qilib hayotga tatbiq qilish mumkin?

Shaxsiy qoidalarni tezda ishlab chiqishning uddasidan chiqa olmasangiz, donishmand kishilarning tamoyillarini o'rganing. O'zingiz hurmat qilgan kishilarning qadriyatlarini kuzating. Hammasini mulohaza qiling. Ehtimol, ular sizga ham to'g'ri kelar.

4. Platon, «Davlat»

Ishbilarmonlar — zerikarli kompaniya, zero ularda pul qiymatidan tashqari hech qanday o'lchovlar yo'q.

Platon

Faqat pul ishlash maqsadida o'z tamoyillari va munosabatlaridan voz kechadigan odamlar bilan muloqot qilish yoqimsiz. Xaridda oyoq tirab turadigan shubhali sotuvchilarni yoki o'z biznesiga sarmoya kiritishga undovchi tanishlaringizni yodga oling. Bunday inson bo'lmaslikka harakat qiling.

Maslahatni qanday qilib hayotga tatbiq qilish mumkin?

O'z majburiyatlaringizni aniq tasavvur qiling va ularni buzmang. Yodingizda bo'lsin: pullar faqat o'z tamoyillaringizga muvofiq yashash uchungina kerak. Pullarga bo'lgan mehr-muhabbatingizning sizning axloqiy tamoyillaringizga ta`sir qilishiga yo'l qo'ymang.

5. Epikur, «Xatlar»

Ozginaga qanoat qilmagan kishini hech narsa bilan qanoatlantirib bo'lmaydi.

Epikur

Modadan ortda qolmaslikka harakat qilib, eng yangi narsalarni xarid qilishga harakat qilamiz, biroq bu xavfli yo'l. Afsuski, zamonaviy madaniyat bu moyillikni rag'batlantiradi. Iste`molchilarga tobora yangi va mukammal tovarlar taklif qilinmoqda.

Maslahatni qanday qilib hayotga tatbiq qilish mumkin?

Agar hayotingizning ayrim jihatlaridan norozi bo'lsangiz, hechqisi yo'q, bu rivojlanishga yordam beradi. Biroq bu norozilik tobora yangi narsalarga egalik qilish ehtiyojiga o'tsa, siz hech qachon tinchlik va qoniqish his qilmaysiz. O'zingizni o'zingiz nazorat qilishni o'rganing.


Комментарии (0) | Добавить: 03.06.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kommunal to'lovlar bo'yicha kimlarga imtiyozlar beriladi?
Jahon chempioni ​Murod Xonto'raev qo'lga olindi
Dunyodagi eng yaxshi zarba beruvchi qiruvchi ma'lum qilindi
Tramp dunyo mamlakatlarini bojlardan voz kechishga chaqirdi
“Mallasoch Sonya” filmida o‘ynagan daniyalik aktrisa 54 yoshida beshinchi marta ona bo‘ldi
Turkiya saylov komissiyasi Erdo‘g‘onning prezident saylovidagi g‘alabasini e’lon qildi
JCh—2018. Urugvay—Rossiya, Eron—Portugaliya, Ispaniya—Marokash. Bugungi o‘yinlar anonsi
Ucelldan yangi “Active” tarif rejalari tizimi!
Hukumat jismoniy shaxslar O‘zbekistonga bir oyda bir marta olib kira oladigan texnikalar ro‘yxatini tasdiqladi
Toshkentda patrul xizmati avtomobillarining tashqi ko‘rinishi o‘zgarmoqda
Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirishda qanday hujjatlar talab qilinadi?
Samsung Galaxy Note 9 flagmanining yangi suratlari paydo bo‘ldi
Yangi Zelandiya bosh vaziri o‘z lavozimida turib farzandini dunyoga keltirgan ilk hukumat rahbari bo‘ldi
JCh—2018. Messi va uning Argentinasi Xorvatiya tomonidan tor-mor etildi
Yosh ijodkorlar "Koinot" guruxidan tez kunda yangi tarona Premyerasi! Bizda!
Intel rahbari “ishdagi ishq” sababli o'z lavozimini tark etdi
Prezident videoselektorida investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari tahlil qilindi.
«Instagram» foydalanuvchilari soni milliardga yetdi
Samsung Galaxy S10 ning ilk “jonli” surati tarqaldi. Unda umuman rom yo‘q
O‘zbekistonda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlaridan so‘ng “Obod maktab” loyihasi ishlab chiqiladi
Avvallari faqat orzu qilinishi mumkin bo'lgan g'aroyib texnik yangiliklar
O'qituvchini majburlab ishlatishga «xumori qo'ziydigan» rahbarlarga chora ko'riladi, maktablar hokimlikka bo'ysunmaydi - Prezident topshirig
“O'rikzor” bozori yonidagi elektr temir ustuni nima sababdan qulagani aytildi
Kim yirik soliq to'lovchi hisoblanadi?
GM Uzbekistan avtomobillari videoregistrator va ERA-GLONASS tizimi bilan jihozlanadi
Samarqandda xotini tomonidan kaltaklangan er ichki ishlar idorasiga qo‘ng‘iroq qildi
Pokistonda erkak unga turmushga chiqishdan bosh tortgan qizni otib o‘ldirdi
O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida aviaqatnovlar keskin ko'payadi
Yevropa AQSh bojlariga javob qaytardi
Neymar «Real»ga o'tishga ikkilanmoqda