У нас есть только
оригинальные песни

YURAGIMNI QAYTARIB BERING...

calendar 10.10.2012
2946


Azizim, yana sizni yodga oldim. Doim shunaqa, endi unutaman, boshqa o'ylamayman deyman-u, shu soniyada darrov sog'inib qolaman. Unutdim degan so'zimdan o'zim qo'rqaman. Birgina shu so'zimning o'zida ham sog'inchim yashaydi. Xayotimning sizla o'tgan har bir lahzasi, har bir daqiqasi man uchun qanchalar aziz ekanligini bilganingizda edi... Sizni kim deb atashni ham bilmiman. BEVAFO deyinmi, YOLG'ONCHI deyinmi yoki BAGRITOSH...??? Siz sarobga o'xshaysiz. Qancha yaqinlashsam shuncha uzoqlashib boraverasiz. "Sansiz yasholmiyman" deb ko'z yosh to'kasiz. Sizni hech tushunmayman. Yo'q, aslida biz bir-birimizi tuwunmaymiz. Bu yolg'onchi dunyoda barchamiz g'animat ekanligimizi bilamiz-u, bila turib yuragimizni hijron sahrosiga uloqtiramiz. Billurdek musaffo tuyg'ularimizni qadriga yetishni, ularni asrab-avaylashni hayolimizga ham keltirmimiz. Vaholanki, Olloh ishq atalmish buyuk ne'matni hammaga ham a'to etavermaydi. Sevgimizga achinaman. Bechora ikkimizning mag'rurligimiz, g'ururimiz qurboniga aylandi. U gul edi, siz uni mehringiz tafti bilan sug'ordingiz, parvarish qildingiz, sevgimiz guli yashnab- gurkirab bo'y cho'zib borardi. Ammo bir kun... Ohh, qani edi, shu qora kunlarni eslamaslikni iloji bo'lsa... Ilk bor o'rtamizga sovuqchilik tushgan kunni unutishni iloji bo'lsa... Bizni ishq gulimiz so'liy boshladi. Bora-bora siz kelmay qo'ydingiz. Daqiqa sayin so'lib borayotgan ishq guliga qarab yurakbag'rim tilka-pora bo'ldi. Kuzlarimdan oqayotgan yoshlarim bilan gulni sug'ora boshladim, baribir foydasi bo'lmadi. U qurib qoldi. Gulning xazonga aylangan barglarini bag'rimga bosgancha unsiz faryod chekdim. Siz kelmadingiz... Sizni QALB O'G'RISI desam jonim og'rinmeng. Yuragimga iznsiz kirib uning bir parchasini olib ketdingiz. Jonim ayting, nima qiliy, qalbim yarasi bitmayapti. Kundan-kunga sog'inch to'lib kattalashib bormoqda, azobi ham shunchalik ortmoqda. So'ngsiz azoblardan juda charchadim. Sizdan eng so'nggi o'tinchim, iltimos , YURAGIMNI QAYTARIB BERING...!!!

ZIYODABEGIM
Яндекс.Метрика