У нас есть только
оригинальные песни

Yurak urishdan tindi… Alvido, azizam!...

calendar 14.10.2012
4738

Esingdami azizim biz uchrashganimizda mana shunday chiroyli yomg’ir yog’ayogan edi!Shitirlab yog’ayotgan yomg’irlarning har tomchisi  tinmay gul barglarini yuvar, go’yo bu yomg’irlar menga siz bilan bog’liq o’sha hotiralarni yodga soladi. Bejo urayotgan bu yuragim esa negadir bezovtalanar, qalbim aynan o’sha men qo’rqqan so’nggi daqiqalar yaqinlashib kelayotganini his qilmoqda edi…

 Bilaman, hozir siz men haqimda butunlay boshqa hayoldasiz. Ammo mening qilgan barcha harakatlarim siz uchun edi. Og’ir dardga chalinganimni bilib yuragingiz siqilishini, sizning ham azob chekishingizni hohlamaganim uchun men sizni tashlab ketishga majbur bo’ldim. Bugun

 men sizni tark etdim, ertaga balki dunyoni tark etarman. Ammo bilib qo’ying, nima bo’lgan taqdirda ham men faqat sizni sevganman va doimo shunday bo’lib qoladi. O’shanda hayotingizga kirib kelganim, sizni azobga qo’yganim va sevganim uchun kechiring. Bahorim o’rnini endi kuz egalladi,

 umrim ham ana shu kuzgi barglar kabi hazon bo’lib bormoqda. Yurak urib turibdi, demak, men yashayapman. Bu yurakning urib turish ham bir ne`mat ekan. Yurak urishdan tindi… Alvido, azizam!...


No'malum oshiq




Яндекс.Метрика