У нас есть только
оригинальные песни

Yuridik ma`lumotga ega bo'lmay qayta tayyorlashdan o'tib yuridik xizmatda ishlash mumkin bo'ladi

calendar 17.04.2018
941

Prezidentning 13.04.2018 yildagi «O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ–3666-son qarorida ana shunday chora nazarda tutilgan.
 
Norma’ning yozishicha, Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan keyin – TDYuU) huzurida Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha professional o'qitish markazi tashkil etildi. U Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi negizida tashkil etilmoqda.
 
Markazda oliy ma`lumotga ega bo'lgan shaxslar uchun yuridik ixtisoslik bo'yicha qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi. Kurslar pullik bo'ladi, ularning muddati esa – 6 oy. Imtihon natijalariga ko'ra belgilangan namunadagi diplom beriladi, u davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatlarida ishlash huquqini beradi. 
 
Oliy ta`limning barcha yo'nalishlarida bunday qayta tayyorlashdan o'tish imkoni berilmaydi. Ularning aniq ro'yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Adliya vazirligiga bir oy muddatda tegishli takliflar kiritish topshirildi.  
 
Eslatib o'tamiz, hozir Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to'g'risidagi nizomning 7 va 9-bandlariga muvofiq yuridik xizmat xodimi lavozimiga, yuriskonsult yordamchisidan tashqari, oliy yuridik ma`lumotga ega bo'lgan shaxslar tayinlanadi. Yuriskonsult yordamchisi o'rta maxsus yuridik ma`lumotga ega bo'lishi yoxud «Yurisprudentsiya» mutaxassisligi bo'yicha bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistranti bo'lishi mumkin. Xususiy tuzilmalarda bunday talablar tavsiya tusiga ega.
 
Bunda qabul qilingan hujjatda Markazda qayta tayyorlashdan o'tgan shaxslarga ayni qanday lavozimlarda (yuridik xizmat rahbari, yuriskonsult, yuriskonsult yordamchisi) ishlashga ruxsat berilishi aniqlashtirilmagan. Bu masala, ehtimol, Prezidentning tahlil qilinayotgan qarorini bajarish maqsadida yaqin orada qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish chog'ida hal etilsa kerak.
 
Bundan tashqari, Markazda quyidagilar faoliyat yuritadi:

• yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha professional o'qitish qisqa muddatli kurslari, shu jumladan xalqaro tijorat faoliyatining huquqiy kuzatuvi, xalqaro arbitraj va sud ishlarini ko'rish;
• o'rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta`lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari.
 
Hujjat 14.04.2018 yildan kuchga kirdi. 

Яндекс.Метрика