У нас есть только
оригинальные песни

Yuridik shaxslarga tegishli avtotransportlarni boshqarayotgan shaxslar 2 yilda bir marta malaka oshirishga majbur bo'ladi

calendar 30.12.2017
851

2018 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar 2 yilda bir marta malaka oshirishga majbur bo'ladi. 
 
Qayd etilishicha, mazkur o'zgarish Ichki ishlar vazirligining taklifi asosida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 sentabrdagi qarori bilan kiritilgan. 

Qarorning maqsadi yo'l harakati xavfsizligini, fuqarolar hayoti va salomatligini ta`minlash, yo'l-transport hodisalarining oldini olish choralarini kuchaytirish, shuningdek o'quv jarayoniga innovatsiya uslublarini joriy etish yo'li bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning malakasini oshirish tartibini takomillashtirishdan iborat. 

Qarorga ko'ra haydovchilar malakasini oshirish tadbirlari ish beruvchilarning o'z mablag'lari, byudjyet tashkilotlarida esa - byudjyetdan tashqari mablag'lar hisobiga moliyalashtiriladi.

Yakunda malaka oshirishdan o'tganligi to'g'risida sertifikat beriladi. Bunday sertifikatlarni beruvchi yagona tashkilot Avtotest hisoblanadi. Aynan shu kompaniya yil boshidan yuridik shaxslarning avtomobilini boshqaradigan haydovchilarga sertifikat berish huquqini qo'lga kiritgan.

Яндекс.Метрика