У нас есть только
оригинальные песни

Yurish bilan ishlab topsa bo'ladigan yangi valyuta paydo bo'ldi

calendar 24.11.2015
2279

Dunyoda yangi kriptovalyuta – Bitwalking dollari paydo bo'ldi. Bitcoins singari boshqa valyutalardan farqli o'laroq, uni yurish bilan ishlab topsa bo'ladi.

Smartfondagi maxsus ilova foydalanuvchining qadamlarini sanaydi va shunga yarasha valyuta hisoblaydi. Har bir 10 ming qadam uchun yuruvchiga 1 kriptodollar beriladi. Bu taxminan 8 km degani.

Dastlab ishtirokchilar bu kriptodollarlarni internet do'konlarida ishlatishi yoki haqiqiy dollarlarga almashtirishi mumkin bo'ladi.

Tashabbus mualliflari Nissan Bahor va Frenki Imbessi g'oyaning boshlang'ich kapitaliga 10 mln dollar jalb qilishga muvaffaq bo'lishdi. Bu asosan yaponiyalik investorlarning xayriya pullari. Ular yangi valyuta va virtual bank tashkil etishda yordam berishga rozi bo'lishdi.

Яндекс.Метрика