У нас есть только
оригинальные песни

Yurtimiz mustaqilligiga 24 yil. Bayram muborak!

calendar 31.08.2015
1248


Istiqlolning nechog'lik buyuk baxt ekanini mustabit tuzum zulm-iskanjasi ostida azob chekkanlar, jismi zanjirband bo'lsa-da qalbi, ruhi ozod insonlar teranroq anglaydilar.
Vatan ozodligi, uning baxtu saodatini kuylagan, shu yo'lda jon fido qilishga ham tayyor turgan Cho'lpon, Qodiriy, Behbudiy, Alixonto'ra Sog'uniy singari minglab, yuz minglab chinakam vatanparvar, millatparvar insonlarning orzusiga hamohang tarzda bu yurt tarixan qisqa fursatlarda oyoqqa turdi, o'z nomini dunyoga tanitdi, sha'nu shavkatining jahon tan olishiga erishdi.
Eng ulug', eng aziz ayyomimiz mustaqilligimizning 24-yilligi barchamizga muborak bo'lsin! Istiqlolimiz mangu, osmonimiz musaffo, hayotimiz farovon bo'laversin! 

Яндекс.Метрика