У нас есть только
оригинальные песни

«Yuventus» Ronaldu uchun so'ralgan pulni berishga tayyor

calendar 08.07.2018
1275

«Real» prezidenti Florentino Peres «Yuventus» uchun Krishtianu Ronalduning narxini oshirgandi.

Avvaliga «Real» ushbu futbolchisini 100 million yevroga sotishga rozi edi.

Ammo La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «Yuventus» Ronaldu uchun so'ralgan pulni berishga tayyor. Aniq raqamlar hozircha keltirilmagan.

Italiyadagi boshqa bir nashr - La Stampa xabariga ko'ra bu raqam - 130 million yevroga teng.

Peres agent Mendesh bilan uchrashuv vaqtida Ronalduning narxi 100 million emas, 130-150 million yevro bo'lishini aytgan. Shu bilan birga, agar Ronaldu ketish g'oyasi o'zidan chiqqani haqida hammaga rasman ma`lum qilsa, uni arzonroqqa qo'yib yuborishlari mumkin.

Bundan avvalroq portugaliyalik 33 yoshli futbolchi turinliklar klubi rahbariyati bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgani, uning yangi klubdagi yillik maoshi miqdori 30 million yevroni tashkil etishi haqida xabarlar berilgandi. Shuningdek, Jorjye Mendesh ushbu transferdan 20-25 million yevro ishlab olishni mo'ljallagan.

Oxirgi xabarlarga ko'ra, Ronalduning Turinga o'tishi haqida 10 iyul kuni rasman e`lon qilinadi.

Яндекс.Метрика