У нас есть только
оригинальные песни

Yuz yil ichida Totten muzligi erib bitadi

calendar 20.05.2016
1485

Yaqin yuz yil ichida duyodagi eng yirik muzlikning muqarrar erishi global dengiz sathining 2,9 metrga yuqorilashiga olib keladi. Tadqiqot Nature jurnalida chop etildi. Bu haqda London Imperiya kolleji ma'lum qilmoqda.

Kelgusi yuz yillikda Totten muzligining erishi kontinentning Sharqiy-Antarktida muzlik qoplami o'nlab kilometrga bo'shab qolishiga sabab bo'ladi. Erish tezligi yaqin yuz yillikda keskin oshib ketadi, muzlik qoplamining yo'qolib ketishi esa muqarrar. 

G'arbiy Antarktida muzlik qoplami bilan taqqoslaganda Sharqiy Antarktida muzlik qoplami anchagina barqaror hisoblanadi. 

Agar global isish shu yo'sinda davom etsa, olimlarning taxmini amalga oshadi. 

Tottenning erish sababi sifatida olimlar uning asosidagi iliq suvni ko'rsatmoqda. Yangi tadqiqotga ko'ra, muz ostidagi erigan suv kontinent bo'ylab 100-150 kilometrga tarqalgach, Tottenning erishi keskin tezlashadi. 

Muzlikning o'zi esa bir necha yuz yillarga yo'q bo'lib ketadi.

Яндекс.Метрика