Amerikalik videomontajchi va rejissyor Zak King Turkish Airlines aviakompaniyasining samolyot bortidagi xavfsizlik qoidalariga bag'ishlangan reklamasida suratga tushdi. Creativity nashri shu haqida ma`lumot berdi.
Rolikda King videomontaj yordamida bortdagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ko'rsatadi. U noutbukni qog'oz varag'iga aylantirib, salon sxemasidan samolyot yasaydi, uning maykasi esa qutqaruv nimchasi "rolini o'ynaydi".
"Sehr dunyodagi eng qadimiy san`at turlaridan biridir. Psixologlar va neyrobiologlar uning auditoriyani jalb qilish xususiyatini hali-hanuz o'rganishadi", - deydi loyiha maslahatchisi, psixolog Gustav Kun.
Reklama roligining maqsadi — yo'lovchilar e`tiborini xavfsizlik qoidalariga jalb etish, zero parvoz oldidan ekipajning standart ko'rsatmalariga ko'pchilik ahamiyat bermaydi.