Zangiotada o‘qituvchi va shifokorlar MIB xodimlari bilan uyma-uy yurgani haqida

Zangiota tumanidagi “Obod” mahallasida yashayman. 26-mart, dushanba kuni soat 9:00 atrofida nonushta qilayotgan vaqtimda mahallamiz faollaridan bo‘lgan bir qo‘shnimiz eshikni taqillatdi. Mahallada Majburiy ijro byurosi xodimlari gaz va elektr hisoblagichlari ko‘rsatkichlari va kitobchalarini tekshirib yurganini aytib, kitobchalarni olib chiqishimni so‘radi.

Kitobchalarni olib chiqqunimcha MIB xodimi bo‘lgan ikki ayol uyimizga kirib keldi. Ko‘chadagi elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini ko‘rsatishimni so‘rashdi. Boshqa qo‘shnilarimiz uylarining oldida ham ko‘rsatkichlarni tekshirib turishayotgandi. Xodimlar uch guruhga bo‘linib, xonadonlarni tekshirib yurishibdi. Uch ayol va kiyimi orqasida MIB yozuvi tushirilgan bir yigitga ko‘zim tushdi.

Bizning uyga kelgan haligi ikki ayol qog‘ozga uyimiz manzili, hisoblagichimiz raqami, hisoblagichdagi ko‘rsatkich, necha kilovattgacha pul to‘lab qo‘yganimizni yozib olishni boshlashdi. Tekshiruv sababiga qiziqdim: “1-apreldan gaz va elektrga to‘lovlar oshayotgani munosabati bilan tekshirib yuribsizlarmi?”

Ko‘rsatkichlarni yozib turgan, yoshroq ayol “Sababini bilmadik. Biz o‘zi shifokor va o‘qituvchilarmiz”, dedi. Bu gapi go‘yoki “Biz nima ish buyurishsa ham qilaveramiz, shunga majburmiz” degandek eshitildi.

- Nima uchun sizlar bu ish bilan shug‘ullanyapsizlar?

- O‘tgan shanbadan beri shu ishni qilib uyma-uy yuribmiz.

Ayolning telefoni jiringlay boshladi. Sherigiga qarab gapira boshladi: “Bugun privivka (emlash) kuni edi. Ertalabdan beri telefon qilib yotishibdi”. Ayol telefonni ko‘tarmadi. Aftidan yosh bolali onalar farzandini emlatish uchun poliklinikaga olib chiqish uchun hamshira (yoki shifokor) bo‘lgan ayolga telefon qilishmoqda. Bu ayol esa bolalarni emlashdan ko‘ra “muhimroq” ishlar bilan band.

Men avvaliga MIB xodimi deb o‘ylagan ayollar uyimizga kirib, gaz hisoblagichi ko‘rsatkichlarini yoza boshladi. Qo‘shnimizning uyini tekshirayotgan MIB formasini kiyib olgan yigit eshigimizdan mo‘ralab yoshi kattaroq ayolga murojaat qildi: “Xola, ruchkangiz bormi?”

Yoshi kattaroq ayol aftidan o‘qituvchi shekilli sumkasida bir talay ruchka bor edi. Bittasini olib berdi. Hamshira MIB xodimiga: “Bularning ismlari faloncha” deb qo‘ydi. Menimcha, MIB xodimi ayolning ismini bilmagani uchun “xola” deb murojaat qilgan. Bugun bu o‘qituvchiyu shifokorlar guruhi bilan, ertaga boshqa o‘qituvchilar bilan birga xonadonlarni kezgandan keyin ularning ismini bilishning, eslab qolishning nima keragi bor?

Qo‘shnimizning uyidagi ko‘rsatkichlarni yozib chiqayotgan boshqa bir ayoldan “Siz ham o‘qituvchi yoki shifokormisiz?” deb so‘radim. Hozir qilayotgan ishlaridan norozidek ko‘ringan ayol “O‘qituvchi” deb yonimdan o‘tib ketdi.

O‘g‘lim 2 yoshdan oshdi, 1—2 ta emlashlarni olishi kerak. Bir yildan beri ololmayapti. Ammo shifokorlar o‘z joyida o‘tirmasa, ko‘cha tozalasa, metallolom yig‘sa, xonadonlardagi hisoblagichlarni tekshirib yursa, o‘g‘lim necha yoshga kirganda emlashlardan qutular ekan, hayronman.


Комментарии (0) | Добавить: 27.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi