У нас есть только
оригинальные песни

Zargarlardan olinadigan pul yig‘imlari to‘liq byudjetga o‘tkaziladi

calendar 03.10.2016
1162

Prezident qaroriga ko‘ra, alkogol mahsulotlari hamda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshdan yasalgan buyumlarning chakana savdosi huquqi uchun yig‘imlar taqsimoti tartibiga o‘zgartirish kiritildi, deb yozadi Norma.

Endi alkogol mahsuloti chakana savdosi, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlar sotilishi huquqi uchun yig‘im yagona hisobdan byudjetga va “yagona oyna” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazga yo‘naltiriladi, Toshkent shahrida esa byudjetga va Savdo, xizmat sohasi va xalq iste’molidagi tovarlarni Moliya vazirligi belgilagan tartibda ishlab chiqarish departamentiga yo‘naltiriladi.

Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar savdosi huquqi uchun yig‘im esa to‘liq byudjet hisobiga o‘tkaziladi.

Яндекс.Метрика