У нас есть только
оригинальные песни

Zarina Nizomiddinova: O‘g‘lim men bilan bayram tomoshalariga borishni yoqtirmaydi

calendar 27.12.2015
3961

Aktrisa Zarina Nizomiddinova o‘z o‘g‘lini har doim ham Yangi yil tomoshalariga o‘zi olib bora olmasligini ma’lum qildi.

“Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari, turli tomoshalar tashkillashtirila boshlaydi. O‘g‘lim har yili barcha tomoshalarga borishni kanda qilmaydi”, — dedi Zarina Nizomiddinova.

“Lekin unday maskanlarda odam ko‘p bo‘lgani bois, o‘zim olib borolmayman. O‘g‘lim ham bayram tomoshalariga men bilan borishni yoqtirmaydi. Meni qizg‘angani bois, oldimga kelib dastxat so‘raydiganlar, rasmga tushadiganlarni yoqtirmaydi”, — dedi aktrisa.

“Ba’zam o‘zim odam ko‘p yig‘ilmaydigan joylarga olib borishga harakat qilaman. Yodimda, otam ham meni faqatgina “Turkiston” saroyida o‘tadigan archa bayramiga olib borardilar”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa Zarina Nizomiddinova.

Яндекс.Метрика