У нас есть только
оригинальные песни

Zarina Nizomutdinova nimalar bilan band?

calendar 06.08.2015
4559

O'zbek kinosining jozibali aktrisasi Zarina Nizomutdinova ayni damda nimalar bilan band? Qanday ijodiy yangiliklar ustida ish olib bormoqda? Aynan shu savollarga javob olish uchun aktrisa bilan bog'landik.

«Tez kunda yangi "7 olam” deb nomlangan film katta ekranlarga chiqish arafasida. Yana bir komedik filmda rol ijro etganman va u ham yaqin orada tayyor bo'ladi. Bundan tashqari, Sanjar Shodievning "Tanho yulduz” deb nomlangan shou-biznes olami haqidagi kartinasida bosh rolni ijro etyapman. Unda partnyorlarim Adiz Rajabov va Abduvali Rajabov. Bunda aktrisa obrazini yaratdim. Shuningdek, mahoratli kinorejissyor Jahongir Ahmedov bilan hamkorlikda "Ketaman dedimmi, ketaman” deb nomlangan yangi film ustida ish olib bormoqdamiz” – deydi aktrisa. 

Demak, tez kunda Zarina Nizomutdinova ishtirokidagi yangi filmlarni tomosha qilish va yaratgan obrazlariga baho berish imkoniyatiga ega bo'lamiz.
Яндекс.Метрика