У нас есть только
оригинальные песни

Zaruratsiz ko'chaga chiqmang: O'zbekiston hududida anomal issiq va quruq havo kutilmoqda

calendar 17.07.2018
1655

«O'zgidromet» ma`lumotiga ko'ra, 2018 yil 19-23 iyul kunlari O'zbekistonga xorijiy davlat (Eron) dan quruq va juda issiq havo Turkmaniston orqali kirib keladi, deyilmoqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining xabarnomasida.

Shu munosabat bilan, respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati o'rtacha ko'p yillik ko'rsatkichlardan 5–7 darajaga oshib, 40–43 darajani tashkil etadi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44–45 darajagacha qiziydi, garmsel kutilmoqda.

19–23 iyul kunlari respublikaning tog' va tog' oldi mintaqalarida havo haroratining oshishi munosabati bilan Tojikiston va Qirg'iziston hududlaridan glyasiyal (muzlikning erishi natijasidagi) sel kelishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xavfsizlik choralarini ko'rishingizni, ko'p miqdorda ichimlik suvini iste`mol qilishingizni, zaruratsiz ko'chaga chiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirishingizni so'raymiz, deyiladi FVV xabarnomasida.

Яндекс.Метрика