У нас есть только
оригинальные песни

Zebo Navro'zova Asal Shodieva haqidagi fikrlarini aytdi

calendar 29.01.2016
4581

Rejissyor Zebo Navro'zova o'g'illari va ijodiga oid savollarga javob berdi, deya yozmoqda "Bekajon" gazetasi.

Zebo Navro'zova “Bekajon” nashriga bergan intervyusida gazeta muxbirining “Aktrisa Asal Shodievani bo'lg'usi kelinlikka o'zingiz tanlagan yedingiz, ammo negadir ikki yoshning munosabatlari uzoqqa cho'zilmadi. Nima sababdan ularning munosabatlari to'y bilan yakun topmadi?” degan savoliga quyidagicha javob berdi:

-Haqiqatdan ham, Asal Shodievani o'zim tanlaganman. O'zini, oilasini hurmat qilaman. San'atkor bo'lsa ham hayoli, to'g'riso'z, har xil ortiqcha mashg'ulotlarga ishqiboz yemas. Suratga olish ishlaridan bo'shadimi, uyiga boradi, bemavrid ko'chaga chiqmaydigan qiz. San'atkorlar orasida bundaylar juda kam, sababi san'at ahlining yurishi, ko'chada yumushi ko'p bo'ladi. Shohruhxon ham uni hurmat qiladi, ular do'st. Savolingizga aniq javob berishim qiyin. Ular birga bo'ladimi yoki yo'q, buni hayot ko'rsatadi.

Яндекс.Метрика