У нас есть только
оригинальные песни

Zidan Angliyaning eng sovrindor klubiga bosh murabbiy bo'lishi mumkin

calendar 01.08.2018
1618

«Real» sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Ingliz matbuoti, xususan The Sun xabariga ko'ra, fransiyalik mutaxassisning xizmatlariga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, mankunianliklar Joze Mourino iste`foga chiqarilgan taqdirda Zidan nomzodiga murojaat qilishni mo'ljallab qo'yishgan.

Avvalroq Zidanning «Yuventus» klubi ustozi bo'lishi haqidagi xabarlar tarqalgan, Turin klubi bu ma`lumotni rad etib chiqqandi.

46 yoshli mutaxassis 2016-2018 yillarda «qaymoqranglilar» bilan uch marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.

Яндекс.Метрика