У нас есть только
оригинальные песни

Zidan «Real»ni tark etmoqda

calendar 31.05.2018
1623

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z lavozimini tark etmoqda. Bu haqda ayni daqiqalarda davom etayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

45 yoshli murabbiy 2015/16-yilgi mavsumda qabul qildi va jamoa bilan ketma-ket uch yil davomida chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, «Real» uning qo‘l ostida Ispaniya chempionati, mamlakat superkubogi, ikki bor UYeFA superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi.

Matbuot anjumanida ishtirok etayotgan Zidan jamoani nima uchun tark etganiga izoh berdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘z «tvitter»ida yozib qoldirdi.

«Jamoa g‘alaba qozonishda davom etishi lozim. Buning uchun esa o‘zgarishlar talab etiladi», — dedi Zidan.

Яндекс.Метрика