У нас есть только
оригинальные песни

Zidan "Real"ga olib kelishni maqsad qilgan futbolchilar nomi aytildi

calendar 06.01.2016
2171

"Real"ning yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan qishki transferlar vaqtida jamoa tarkibini kuchaytirish uchun Angliya chempionatida to'p surayotgan 2 futbolchini Madridga olib kelishni maqsad qilgan. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Frantsiyalik murabbiy hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida "Chelsi"dan belgiyalik vinger Eden Azarni "Real" safiga taklif qilmoqchi. U Azarning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.

Bundan tashqari, Zidan jamoada Marseloga (chap qanot himoyasi) o'rinbosar sifatida "Manchester Yunayted"ning argentinalik futbolchi Markos Roxoni ko'rmoqda.

Ma'lumot uchun, bundan avval ham "Chelsi"da o'yini chiqmayotgan Eden Azarning "Real"ga o'tishi haqida xabarlar berilgandi.

Яндекс.Метрика