У нас есть только
оригинальные песни

Zidan Ronalduning “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi

calendar 23.04.2016
928

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohati tufayli “Rayo Valyekano”ga qarshi Ispaniya chempionati 35-turini o‘tkazib yuborishini tasdiqladi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

Avvalroq Marca nashri 31 yoshli futbolchi jarohat tufayli “Rayo Valyekano” bilan o‘yinda maydonga tusha olmasligi haqida xabar bergan edi.

“Ronalduning jarohati og‘ir emas, lekin u ‘Rayo Valyekano’ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Hozir unga ko‘p yuklama bera olmaymiz. Albatta, Krishtianu maydonga tushishga oshiqmoqda, lekin tusha olmasligini o‘zi ham biladi. Ertaga final bo‘lgan taqdirda ham, uni zaxirada qoldirgan bo‘lardik. Chunki bu katta tavakkalchilik bo‘lardi”, – dedi Zidan.

“‘Manchester Siti’ga qarshi dastlabki o‘yinga qadar uning holatini kuzatamiz va shunday keyin uning ishtiroki borasida aniq qarorga kelamiz. Ronaldu ‘Real’ning ajralmas bir qismi, lekin jamoa ertangi o‘yinga u siz ham tayyor”, – deya qo‘shimcha qildi fransiyalik murabbiy.

Ma’lumot uchun, “Rayo Valyekano” – “Real” uchrashuvi bugun, 23-aprel kuni, soat 19:00 da boshlanadi. “Manchester Siti” – “Real” o‘rtasidagi YeChL  yarim final dastlabki uchrashuv 26-aprel, seshanba kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.

Яндекс.Метрика