У нас есть только
оригинальные песни

Zidanning hisoblashicha, Ronaldu «Oltin to'p» mavzusini yopdi

calendar 20.11.2016
1350


«Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan 2016 yilgi «Oltin to'p»ni Krishtianu Ronaldu olishiga shubha qilmayapti.«Bunga shubha qilmay kelayotgandim va bugungi o'yin bu boradagi bahslarni yopdi», - deydi Zidan «Atletiko»ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida.«O'yin boshidan biz kuchli raqibga qarshi yaxshi tashkillashtirilgan o'yin namoyish eta oldik», deya qo'shimcha qilgan u o'yin haqida.«Atletiko» va «Real» uchrashuvi 19 noyabr kuni bo'lib o'tdi va «Real» 3:0 hisobi bilan g'alaba qozondi. Derbidagi barcha gollar Ronaldu tomonidan urildi.Ronaldu 2016 yilda jamoasi bilan YeChLda va Portugaliya bilan Yevropa chempionatida g'olib bo'lgan.

Яндекс.Метрика