У нас есть только
оригинальные песни

Zilzila vaqtida namoz o‘qiladimi?

calendar 13.12.2017
2307

Ijtimoiy tarmoqlar va turli saytlarda markazi Jizzax viloyatida bo‘lgan zilzila haqida ma’lumotlar tarqaldi. Zilzila magnitudasi 3,5 ballni tashkil etgani va ko‘pchilik ushbu silkinishni sezmagani ta’kidlandi. Biroq inson zilzila va turli tabiiy ofatlar vaqtida shoshib qoladi, hodisa paytida nima qilishni bilmaydi. O‘zbekiston musulomlar idorasining rasmiy veb-sayti bu kabi holatlarda nima qilish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Zilzila haqida aniq ma’lumot beradigan tizim hali ishlab chiqilmagan, shuning uchun ham qachon va qayerda hamda qanday kuchdagi zilzila ro‘y berishini oldindan aytishning hozircha iloji yo‘q.

Islom dinida musulmon odam Alloh taoloni ko‘p zikr qilishi, shu bilan birga qilgan xatolariga doim istig‘for aytishi kerak. Zero, inson xatodan xoli emas.

Zilzila haqida Taqiy Usmoniy o‘zining “Mavsu’atul fiqhiyya” asarining to‘rtinchi jildida quyidagicha keltiradi: “Zilzila Alloh taoloning oyat va alomatlaridan hamda noodatiy hodisalaridandir. Hanafiy, shofeiy va hanbaliy mazhabi ulamolari zilzila sodir bo‘lganda ikki rakat namoz o‘qish mustahab ekanligini aytadilar”.

Imom Kosoniy va Ibn Qudoma rahimahullohlar Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Basrada bo‘lgan vaqtlarida zilzila sababli namoz o‘qiganlarini naql qiladi. Imom Navaviy rahimahulloh “Sharhu Muhazzab”da Ali roziyallohu anhudan zilzila bo‘lganda namoz o‘qish kerakligi haqidagi rivoyatni keltirganlar.

Imom Kosoniy rahimahulloh aytadilarki: “Bu usul qo‘rqinchli va dahshatli hodisalar paytida namoz o‘qishlik lozimligiga asoslangandir. Quyosh va Oy tutilishida o‘qiladigan namozlarning asosi ham shudir”.

Namozning o‘qilish tartibi quyidagicha:

Bu namoz jamoat bo‘lib emas, balki yakka holda o‘qiladi. Boshqa namozlardan farqli bo‘lmagan holda ikki rakat bo‘lib, namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlarda o‘qilmaydi. Namozdan so‘ng duoga jidd-u jahd qilinadi.

Яндекс.Метрика