У нас есть только
оригинальные песни

Zinedin Zidan Adidas’ning yangi videoroligi qahramoniga aylandi

calendar 26.06.2016
1160

Fransiyalik sobiq futbolchi, “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan sport kiyimlari va anjomlarini ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasining yangi videoroligi qahramoniga aylandi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

 

Videorolikda Zidan kresloda o‘tirgan holatda Yevro–2016 turnirida kiritilgan gollar va xavfli vaziyatlarga maxsus tugmalar orqali baho beradi. Shuningdek, rolikda Zidanning Fransiya termasi safidagi 1998- va 2006-yillardagi jahon chempionati hamda 2000-yildagi Yevropa chempionatidan lavhalar keltiriladi.

Ma’lumot uchun, 2016-yilning yanvar oyida Rafael Benitesning o‘rniga “Real” bosh murabbiyi etib tayinlangan Zinedin Zidan jamoani 2015/16-yilgi mavsumning Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylantirdi. Ispaniya chempionatida esa “Qirollik klubi”ikkinchi o‘rinni egalladi.

Яндекс.Метрика