У нас есть только
оригинальные песни

Zoxirshoxni o'zbek shou-biznesini alishish orzusi! Omadsizlik alamzadasi

calendar 27.07.2015
2692

Tvitterdagi Zoxirshox Jo'raevning "Imkoni bo'lganida edi Vladimir Vsotskiyni xayotga qaytarish uchun butun O'zbek shou-biznesini xam almashgan bo'lar edim” degan fikri "Jo'raevlarga nimalar bo'lyapti?” degan savolni tug'diradi. 

Akasi mayli endi, did borasida bir xatolik qildi...ammo FIKR...bunday odamni...O'ZBEK farzandi, o'zbekni buyuk xofiz SAN'ATKORI o'g'lini bir kunga ruslarning o'lib ketgan xonandasini butun boshli O'ZBEKlardan tashkil topgan o'zbek shou-biznesini alishish istagi tubida nimalar yotibdi ekan?

Nima qilmoqchi ekan bir kunga alishib? G'alati fikr emasmi? Tirilib saxnaga qaytgan taqdirida xam O'zbek saxnasiga kelarmidi? Nega o'zbek buyuk san'atkorlarini yodga olib alishishni istamas ekan? Djeksonnammasde..) Otangizni tirikligida qadriga etib xech bo'lmasa butun boshli o'zbek shou-biznesiga qiyoslansa xam, mayli nokamtarlik bo'lsada BIROQ qisman xaqiqati va mantig'i bo'larmidi deyman?

Shartmidi qosh qo'yaman deb ko'z chiqarish?)) Ilk fikrda xaqiqiy san'at va shou-biznes emas, butun boshli O'ZBYeK shou-biznesini alishish xaqida fikr aniq va ravon tushunarli aytilganku. Mayli, xaqiqiy san'at (sizningcha) shou-biznesimizda yo'qdir xam, ammo butun boshli o'zbek shou-biznesini qanday bo'lmasin xorijning bir o'lik xonandasini tiriltirishga alishishdek fikr nimani anglatadi? Alamzadalik? Avvalo o'zbek shou-biznesida san'at bormi, u boshqami xali fikr bildirishga JO'RAYeV familiyasi bo'lsada Zoxirshox uchun kamida uyat! Sherali Jo'raev bunday taxlil yuritsa yarashar, ammo u inson bunday fikrlar bildirishiga ishonmayman xam!

Ijodda ijodan kurashish kerak Zoxirshox, gapirib piar reklama yoki diqqat tortib emas, zo'r qo'shiq qilib xit qiling... Shuncha yil badaliga Jo'raev familiyasi ortidan gapiraverisham ko'pde. Shu shou-biznesni rivojlantirish uchun shaxsan siz nima qilib qo'ydingiz? Nimalar qilyapsiz xam? "Zapret" baxona a?)) "Zapret" bo'lmaganida ja bir nimani qoyillatuvdingiz?) Necha xonandalar "zapret"da ijodini to'xtatmay porlab turaverdiku. Yo Yulduz jim qoldimi? Boshqalarni bilmadimu ammo bunday fikrlaringizdan keyin shaxsan sizning (agar bo'lsa) "zapret"ingiz bekorga emas ekan. O'zbeklarni alishvorish... Man o'zbekman va shu shou-biznesdaman va man uchun xam bu gap tegdi. Vladimirni qaytishi shartmas xam, undaylarni ijodi abadiy. U tirik bo'ladimi o'likmi o'sha ijodi yashamoqda. Otangiz tirik afsona va u xozir tirik bo'lib ijod qilsa-qilmasa baribir o'sha eski ijodi bilan Sherali Jo'raev! Shunisi muxim.

Ammo sizni borligingizu yo'qligingiz na o'zbek SAN'ATIga va na shou-biznesiga zarracha ta'sir qilmas darajada ekan, bunday fikrlar bilan kulguga qolish shartmi? Shoxjaxon Jo'raev ijod borasida familiyasini ochig'i oqladi va xitlar yaratdi. Ijodda qoyillatdi! Jonli ijroniyam, kontsertniyam xitlarni xam. Sizchi? Butun boshli o'zbek shou-biznesini alishish uchun fikrni xam kim qo'yibdi sizga? Qanday xaq va xuquq bilan bu fikr bildirildi ekan? So'z erkinligi va demokratiya bilanmikan? Unda uzru millat qadrini erga urib emas! O'zbek shou-biznesi deb yozayotganingizda o'z millatingizni yoza turib sha'nini erga urishga xaqqingiz yo'q! Xuddi millatni alishvoraman degan vatangadolarni fikridek chiqyapti boru. Shaxsiy fikr. O'zingizku mayli ammo...otangiz kerak bo'lsa asrlar osha yiqqan xurmatiga putur etkazyapsiz!

Zoxirshoxni ochig'i iqtidori bor. Ovozi bor. Kuylayman va ijod qilaman desa imkoniyatlari chek-chegarasizdek. Nafaqat familiya balki ijod uchun yaratilgan qulayliklari xam. Qancha yangi xonandalar orzu qiladigan maslaxatchilari o'z yonida. Otasi va akasi. Tuppa-tuzuk fikrlaydigan yaxshi bola edi. EDI! 

Xurmat qilardim uni, qo'llab-quvvatlardim. Zo'r porlashini istab o'ziga xam aytardim. Fikrimcha omadsizlikdan achchig'i kelib qo'lini pastga tushirdi...yo'q, qo'llarini telefon klavishlariga bog'ladi. Vaxolanki bu qo'llar qanday sozlarni jonlantirib tilga kirita oladi... Odamlar 10-20 yillab xarakat qilib keyin omadi keladi va bunda ular ichki dunyosini yorishtirib xamda tinmay xarakati evaziga erishganini anglab etishadi. Afsus... u vaqt soatini ijtimoiy tarmoqqa sarflamoqda. Umr esa o'tmoqda. Vaqt...yosh...sog'liq...DAVR! Jo'raevlardan yana birini esa tarixga muxrlanayotgani kuy qo'shiqlari emas...g'alati g'alati misralari... nima bilan eslaydi seni kelajakda odamlar Zoxirshox? Eslasharmikan?
Birovni san'atkorini tiriltirishni o'ylaguncha tirik bo'la turib o'likdek umr o'tkazayotganlar xaqida o'ylash kerakmikan?

Muallif: Sardor Komilov
Яндекс.Метрика