У нас есть только
оригинальные песни

ZTE kompaniyasi Nubia.com domenini 2 mln dollarga sotib oldi

calendar 02.01.2016
1220

ZTE Nubia premial smartfonlar qatorining paydo bo'lganiga 3 yil bo'ldi va kompaniya uni jahon bozori, avvalambor Еvropa va AQShda jadalroq ilgari surishga e'tibor berish vaqti keldi, deb hisoblamoqda. Rasman bu haqda e'lon qilinmadi, biroq kompaniya shu maqsadda Nubia.com domen nomini 2 mln dollarga sotib oldi. Bungacha ZTE kompaniyasi Nubia bilan bog'liq ikkita adres – Nubia.cn va Nubia.com.cn’ga ega edi, biroq ularning ikkisi ham xitoy tilidagi sahifaga yo'llagan.

Seriyaning oxirgi modellaridan biri Nubia Z9’ni Xitoyda sotib olish mumkin, biroq ko'plab davlatlarda smartfonga Xitoydagi biror onlayn-do'kon orqali, misol uchun AliExpress yoki JD orqali buyurtma berishga to'g'ri keladi.

Biroq domen uchun to'langan 2 mln dollar oxirgi vaqtlarda smartfonlar global bozorini egallayotgan Xitoy kompaniyalari uchun rekord natija emas. Misol uchun, Xiaomi kompaniyasi 2014 yilda 3,6 mln dollarga Mi.com adresini sotib olgan.

ZTE Nubia Z9 smartfoni haqida gapiriladigan bo'lsa, smartfon 2015 yil mayida ilk bor namoyish qilingan. Smartfon 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 810 protsessori, 3 yoki 4 Gbayt tezkor xotira, 32 yoki 64 Gbaytli doimiy xotira, 5,2 dyuymli displey, yonlarga egilgan 2,5D li himoyalovchi oyna va deyarli sezilmaydigan, eni 0,8 mm li ramkalar bilan jihozlangan.

Seriyaning keyingi flagman smartfoni Nubia Z11 modeli bo'lishi taxmin qilinmoqda. Smartfon Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 4 Gbayt tezkor xotira, 128 Gbayt gacha flesh-xotira, QHD-displey, barmoq izlari skaneri va 20,7 Mp li asosiy va 13 Mp li old kameralar bilan jihozlanadi.

Яндекс.Метрика