У нас есть только
оригинальные песни

ZTEdan «Intellektual sinf»

calendar 15.04.2016
1004

ZTE korporatsiyasi O'zbekiston Respublikasida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida o'z faoliyatini yuritib kelmoqda. Kompaniya ishtirokida bir nechta qo'shma korxona tashkil etilgan va turli sohalarda ko'plab qo'shma loyihalar amalga oshirildi.

Bugungi kunda ZTE shirkati turli yo'nalishlar, shu jumladan, elektron ta'lim sohasida samarali yechimlar taklif qilmoqda. Xususan, ZTE namunali loyiha sifatida noyob tizim - Smart Classroom - "intellektual sinf" dasturini ishlab chiqib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga taqdim etdi.

Ushbu tizim biryoqlama bilim berishdan shaxsga yo'naltirilgan izlanuvchan ta'lim dasturlariga o'tish imkonini beradi, bu esa o'z navbatida talabani yaxshi o'qishga undaydi va o'qishning yanada qiziqarli, samarali bo'lishini ta'minlaydi. Shuningdek, ushbu masofaviy ta'lim tizimi o'qituvchilarga intellektual auditoriyadan chiqmay turib talabalarni o'qitish, xorijiy universitetlar va professorlar bilan aloqa qilish imkonini beradi. Har bir dars serverga yoziladi va talaba hamda o'qituvchilarga istalgan qurilma orqali lektsiyalarni ko'rib chiqish imkonini beradi. Multimediya tizimi noyob dasturiy ta'minot, elektron displey, elektron doska va planshetlardan foydalangan holda talabaning bilim olishini kuzatish va ulardan har birini alohida, ham butun sinfni testlash imkonini beradi. Bu esa o'z navbatida talabaning bilim darajasini dars paytida va undan keyin baholashga xizmat qiladi. Shuningdek, tizim yordamida elektron kutubxona tashkil etish, talabalarning masofadan turib kitoblardan foydalanishini ta'minlash mumkin, bu esa darsliklarni taqsimlash ishlarini ancha tezlashtiradi.

ZTE korporatsiyasi (Zhongxing Telecommunication Yequipment) 1985 yili Xitoyning Shenchjen (Shenzhen) shahrida tashkil etilgan. Hozirda kompaniya telekommunikatsiyalar, sanoat, energetika, turizm, transport, ta'lim va boshqa ko'plab sohalarda eng zamoanviy texnologiyalarni taklif etmoqda. 
ZTE korporatsiyasining 20 ta R&D-markazi (ilmiy-tadqiqot markazlari) Xitoy, AQSh, Frantsiya, Shvetsiya va Janubiy Koreyada faoliyat olib bormoqda. Fortune Endash; 500 ro'yxatiga kiritilgan yetakchi xalqaro operatorlar va kompaniyalar shirkat texnologiyalari va yechimlaridan foydalanadi. ZTE iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun 50 dan ortiq yechimlar taklif etmoqda. Bunday tashqari, kompaniya iste'molchilar uchun mahsulotlar Endash; telefonlardan tortib smartfonlargacha ishlab chiqaradi.

Яндекс.Метрика