У нас есть только
оригинальные песни

14 yil to'xtovsiz homilador bo'lgan ayol eng birinchisida 14 yoshda edi!

calendar 15.12.2017
1558

Bugungi kunda Buyuk britaniyada yashovchi dunyodagi eng katta oila yigirmanchi farzand dunyoga kelishini kutyapti. 
Biz hikoya qilayotgan Redfordlar Britaniyada eng ko'p bolali oila sifatida juda mashhur. U qadar katta bo'lmagan shaharning Lankashir grafligida yashovchi bu oila o'n sakkizingchisi oxirgisi bo'ladi, deb va'dalashgandi. Ammo kutilmaganda o'n to'qqizinchi farzand ham dunyoga keldi. Shundan so'ng ular yigirmanchi farzandini ham dunyoga keltirib, hisobni tenglashtirib qo'yishga qaror qilishdi. 
Noel va Syu Redfordlar to'ng'ich farzandlari dunyoga kelganda, bugungi kunini hatto tasavvur ham qilmasdilar. Bir vaqtlar uch farzandli bo'lishni niyat qilgan er-xotinning orzulari hatto ortig'i bilan ushalganini ko'rish mumkin. 
Hozir Noel 45 yoshda, Syu esa 40 da. Ayol ilk farzandini 14 yoshida dunyoga keltirgan. O'shanda ularning o'zi ham hali voyaga etmaganliklari uchun farzandlariga vasiy ota- ona topishlariga to'g'ri kelgan. 
Oxirgi 14 yil mobaynida Syu to'xtovsiz eriga farzand hadya etmoqda. Yaxshi hamki, oilada hech qanday moliyaviy muammolar yo'q. Oilaga to'ng'ich farzandlari Kristofor ham yordam beradi, bundan tashqari Redfordlar oilasining shaxsiy bizneslari ham bor. Ular 19-marotaba ota-onalik baxtiga musharraf bo'lganliklariga hech qancha vaqt o'tmayoq Syu yana homilador ekanligi ma'lum bo'ldi. 
20 ta bolaning otasi faqatgina do'stlarining iltimosini bajo keltirayotganini aytib, hazillashadi, qolgan bolalari esa 20-mehmonning tug'lishiga faqat ijobiy munosabatdalar va shu bilan ikkinchi o'ntalikni yakunlashni iltimos qilmoqdalar. 
Redfordlarning 20 ta farzandidan tashqari yana 3 nabiralari ham bor. Xulosa qilib aytganda, sobiq etim bolalarning orzulari ortig'i bilan ushaldi! Endilikda ularning haqiqatdan ham juda katta oilalari mavjud! 
Noel bilan Syu katta oila va bolalarga allaqachon ko'nikib ham qolishgan, faqatgina bayram arafasida anchayin ter to'kishlariga to'g'ri keladi, albatta. Har haftalik bozor-o'charning o'ziyoq katta bir sinov, axir. Kir-chirlar haqida-ku gapirmasak ham bo'ladi… Hozirda Redfordlarning do'stlariga farzandning qiz yoki o'g'il bo'lishi juda qiziq, chunki Redfordlarning hozirda 10 ta o'g'il va 9ta qiz farzandlari bor. 
Qiziq, yigirmanchisi kim bo'larkan? O'g'ilmi yo qiz?
 

Яндекс.Метрика