У нас есть только
оригинальные песни

3800 daraja issiq bo‘ladigan va metall yomg‘irlar yog‘adigan sayyora topildi

calendar 19.08.2018
1273

KELT-9b ekzosayyorasining atmosferasi shunchalik issiqki, hatto temir va titan ham u yerda gazga aylanib ketadi. Astronomlar birinchi marta shunchalik darajada issiq sayyorani topdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Sayyora yuzasidagi harorat Selsiy bo‘yicha 3800 darajaga yetadi. Shu tufayli sayyora bir soniyada 9 million tonna massani yo‘qotib, bug‘lanib ketmoqda, shunga qaramay, u haliyam Yupiterdan qariyb ikki karra og‘irroq.

Bunday jazirama tufayli KELT-9b’da hatto metallar ham gazga aylanadi. Sayyora atmosferasida titan va temirning spektral chiziqlari qayd etilgan. KELT-9b’da metall yomg‘irlar yog‘adi deyish ham mumkin. Bu g‘aroyib kashfiyot bo‘lib, shu paytgacha kashf etilgan sayyoralardan birortasida ham ushbu elementlar gazsimon holatda aniqlanmagan.

Bunday baland harorat KELT-9b o‘z yulduziga Yer va Quyosh orasidagi masofadan 30 marta yaqinroq joylashgani sabablidir. “Bu sayyora bizga sayyora atmosferasida yulduzning kuchli ta’siri ostida nima yuz berishini o‘rganish imkonini beradi”, — dedi tadqiqot mualliflaridan biri Devid Erenrayx.

Яндекс.Метрика