У нас есть только
оригинальные песни

Abdulla Tangriyev dzyudo bo‘yicha Ostonadagi JChda mag‘lubiyatga uchradi

calendar 30.08.2015
1165

Qozog‘istonning Ostona shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetib boryapti.

29-avgust kuni O‘zbekistonning so‘nggi vakilim ham o‘z ishtirokini omadsiz yakunladi. +100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Abdulla Tangriyev ikkinchi uchrashuvida ukrainalik Yakov Xammoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Undan avval -100 kg vazndagi o‘zbekistonlik Ramziddin Saidov ham mag‘lubiyatga uchrab, tomoshabinlar qatoridan joy olgandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Ostonadagi jahon chempionatida bor-yo‘g‘i bitta medalga ega bo‘ldi. -66 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan olimpiya o‘yinlarining ikki karra bronza medal sovrindori Rishod Sobirov jahon chempionatining ikkinchi kuni bronza medaliga sazovor bo'lgandi.

Яндекс.Метрика