"Afsonaviy Yuriy Nikulin sirki”ning Toshkent shahriga gastrol safari bekor qilindi,
deya xabar bermoqda UzDaily Rossiya sirki rasmiy saytiga tayanib.
"Afsuski,‘Afsonaviy
Yuriy Nikulin sirki’ning Toshkent shahrida 2015-yil 18-apreldan
24-maygacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan gastrolini bekor qilishga
majbur bo‘ldik”, — deyiladi sirk xabarida.
"Sirkimiz gastroli
tashkilotchi MChJ Art Modern Music aybi bilan amalga oshmaydi. Uzr
so‘rab qolamiz”, — deya ta’kidlanadi xabarda.